Futzal. Osiyo kubogi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi kim bo'ladi? (A guruhidagi vaziyat)

Administrator
30 sen 2022, 00:50
Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo kubogi davom etmoqda.

Guruhdagi dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozongan O'zbekiston futzal terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni kafolatlab, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi. O'zbekiston futzal terma jamoasining chorak finaldagi raqibi A guruhida ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa bo'ladi. 

A guruhida esa intriga uchinchi turgacha saqlanib turibdi. Hozirgina Tailand va Quvayt terma jamoalari o'zaro durang qayd etishdi. A guruhida ikkinchi turdan keyin 4 ochko bilan Quvayt terma jamoasi birinchi o'rinni band etgan. Xuddi shuncha ochko to'plagan Tailand terma jamoasi esa to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi o'rinda. Uch ochkoga to'plagan Iroq termasi ham oxirgi turda pley-off yo'llanmasi uchun kurashadi.

Shunday qilib, O'zbekistonning raqibi uchinchi turdan so'ng ma'lum bo'ladi. A guruhidagi uchinchi tur o'yinlari:

A guruhi

1 oktyabr, 3-tur

Tailand - Ummon

Quvayt - Iroq

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia