Futzal. O'rtoqlik o'yini. Belarus – O'zbekiston - 3:5

Narzulla Saydullayev
4 dek 2015, 08:11
Kecha oqshom futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Borisov shahrida Belarus terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bir kun oldin Minsk shahridagi “Mapid” sport majmuasida bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishgandi. Kecha bo'lib o'tgan o'yinda esa Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 5:3 hisobida zafar quchdi.

O'rtoqlik uchrashuvi, 03.12.2015
Belarus – O'zbekiston 3:5
Gollar
: - K.Sviridov, J.Anorov, D.Choriev. F.Faxriddinov, avtogol

O'zbekiston (Birinchi beshtalik): Klim Tyugaev, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Davron Choriev, Dilshod Irsaliev.
Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Ilhom Hamroev, Nodir Eliboev, Feruz Faxriddinov, Jamoliddin Sharipov, Sunnat Kuralov, Davron Abdurahmonov.

Bu o'rtoqlik uchrashuvlari har ikki terma jamoa uchun jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi qita chempionatlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.


O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Livan va Qirg'izistonga qarshi maydonga tushadi. Belarus terma jamoasi esa Yevropa chempionatining saralash guruh bosqichida Xorvatiya (10 dekabr), Ozarbayjon (11 dekabr) va Shvetsiya (13 dekabr) bilan hisob-kitob qiladi.

Yevropa chempionatining final bosqichi Xorvatiyaning Osiek shahrida o'tkaziladi. Osiyo chempionati esa 10-21 fevral kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bugun terma jamoamiz delegaciyasi Minsk shahridan Moskvaga, u yerdan Dohaga yo'l oladi. 5-10 dekabr kunlari Qatar poytaxtida yig'in va ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia