Futzal. Oliy liga, 4-tur, 1-kun. "Nafis" - "Bunyodkor" 3:4

Tolibjon Qosimov
14 fev 2017, 18:17
Bugun futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 4-tur o'yinlariga start berildi.

Dastlabki kunni yakunlab bergan uchrashuvda "Bunyodkor" jamoasi "Nafis"ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Andijonning "Turon-S" jamoasi bu turda ham ishtirok etmaydi va ularga turdagi barcha o'yinlar uchun texnik mag'lubiyat yoziladi.

Oliy liga
1-bosqich, 4-tur

14.02.2017
"Nafis" - "Bunyodkor" 3:4
Gollar:
D.Toxirov 21, 35, M.Jo'raquli 24 - A.Saidahmatov 6, F.Samegov 9, 37, I.Rajabov 17

"Nafis" (birinchi beshlik): Ramil Almamedov, Dilshod Xaydarqulov, Mehroj Xudoyberdiev, Xusniddin Nishonov, Murodjon Jo'raquli.
Zaxira: Doniyor Mahmudov, Ravshan Ismatullaev, Doniyor Toxirov, Dilshod Normatov, Laziz Ubaydullaev, Shaxzod Sadiev, Dovutxon Pulatov.

"Bunyodkor" (birinchi beshlik): Abbosbek O'lmasbekov, Faxriddin Samegov, Xurshid Tojiboev, Timur Sadirov, Davron Valijonov.
Zaxira: Abdushukur Yasinov, Ulug'bek Abdullaev, Ilhom Rajabov, Zuhriddin Xiyomuhammedov, Alisher Ibragimov, Xurshid Najimov, Alisher Xolmuhammedov, A'zam Saidahmatov, Olim Vohidov.

Ogohlantirishlar: X.Nishonov 29 - T.Sadirov 10, D.Valijonov 22
Chetlatish: X.Nishonov 37

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia