OFK shu yilning 25 avgust kuni Xitoyda start oladigan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi OCHda o'yinlariga tayinlangan rasmiylar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik Olim Arifov OCH bahslari uchrashuvlariga komissar etib tayinlandi. Takidlash joiz, bu Arifov uchun futzal musobaqalaridagi ikkinchi yirik turnirdir. O'zbekistonlik komissar 2012 yili BAAda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi OCH uchrashuvlarida ham komissar sifatida faoliyat yuritgan edi. Ma'lumot o'rnida, Olim Arifov shu kungacha OFK Kubogi va Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida komissarlik qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo Chempionati-2014 bahslarida O'zbekiston chempioni - Toshkentning Lokomotiv klubi ham ishtirok etadi. Lokomotiv OCH A guruhida Xitoyning Shenjen, Yaponiyaning Nagoya hamda Avstraliyaning Vik Vipers klublariga qarshi bahs olib boradi.