Futzal. Nepal - O'zbekiston. Tarkiblar ma'lum

Alisher
24 okt 2019, 16:25
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari doirasida O'zbekiston Nepalga qarshi bahs olib boradi.

Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etadi. Yakunda har ikkala guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi. O'yinlarga Eron mezbonlik qiladi va 23-25 oktyabr oralig'ida o'tkaziladi.

Birozdan so'ng O'zbekiston hamda Nepal terma jamoalari o'rtasidagi bahs start oladi. Bosh murabbiyimiz Bahodir Ahmedov "G'adir Hall" sport majmuasida o'tadigan uchrashuv uchun tarkibni e'lon qildi.

Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqasi
"A" guruhi
, 2-tur
Nepal - O'zbekiston

Nepal: 2. Saroj Tamang 2. Buay Gurung 8. Aruj Sinx 9. Mani Kumar Lama 13. Sumit Kumar Ale

Zaxira: 1. Anish Shresta 2. Buay Shresta 4. Adil Hamid 5. Shanjok Chamling 6. Suraj Gurung 10. Nirmal Gurung 11. Ashish Lama 12. Binod Gurung 14. Abxay Rana

O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev. 

Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.


"A" guruhi - O'zbekiston, Tojikiston, Nepal, Afg'oniston.

"B" guruhi - Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia