Futzal. "Nagoya Oushens" dastlabki finalchi

Xayrulla Xoliqov
15 avg 2019
Tailand poytaxti Bangkokda bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ilk finalchisi ma'lum bo'ldi.

Yaponiyaning "Nagoya Oushens" futzal klubi musobaqaning 1/2 finalida Vetnamning "Tay Son Nam" futzal jamoasini 3:1 hisobida mag'lubi etib finalga yo'l oldi. Shunday qilib yaponlar ushbu musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. 

Xabaringiz bor, ikkinchi yarim final bugun AGMK va Eron chempioni "Mes Sungun" jamoalari o'rtasida kechadi va mazkur qarama-qarshilik 16:00da boshlanadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com