Futzal. MDH o'yinlari. O'zbekiston - Rossiya 1:9

Narzulla Saydullayev
9 sen 2021
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stlik o'yinlariga mezbonlik qilmoqda.

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz mezbon futzalchilariga qarshi parketga chiqishdi. O'yinda Rossiya yoshlar terma jamoasi 9:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Terma jamoamiz safidagi yagona golni 37-daqiqada Daler Eshonqulov urdi.

Rossiya bundan oldin Moldovani 16:3 hisobida mag'lub etgandi. O'zbekiston bugun Moldovaga qarshi o'ynaydi va g'olib jamoa guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadi. Vakillarimizni durang ham qoniqtiradi.

MDH o'yinlari. Futzal.
O'zbekiston - Rossiya 1:9
Gollar:
Daler Eshonqulov 37 - Mujdakov 1, 25, Shakiev 3, Guk 4, 16, Litovskix 5, 26, Musin Pushkin 12, Laypekov 18.
Chetlatish: Timur Salimov 37.

O'zbekiston: Kamol Nazarov, Qosimjon Safarov, Daler Eshonqulov, Shahram Fahriddinov, Artur Umurov.
Zaxira: Timur Salimov, Muhammadyusuf Muhammadjonov, Damir Mamadoliev, Abdusattor Abdurahmonov, Nurillo Toshtemirov, Samandar Murodqulov, Umidjon Mahramov.
Bosh murabbiy: Furqat Xayrullaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia