Futzal. Marokash futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Omonjon To`xtamirzayev
2 sen 2024, 11:54
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

1 sentyabr kuni dastlab Panama milliy terma jamosi mamlakatimizga tashrif buyurgan edi. Bugun, 2 sentyabr kuni esa, yana bir ishtirokchi – Marokash milliy terma jamoasi ham yurtimizga tashrif buyurdi.

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari erta tongda Marokash milliy terma jamoasi delegaciyani kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.




O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ufa.uz