Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chorak finalchilar aniqlanmoqda

Xayrulla Xoliqov
12 avg 2019, 13:56
Bugun bo'lib o'tadigan bahslardan so'ng Bangkokda bo'lib o'tayotgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi o'z yakuniga etadi.

Xabaringiz bor, kecha "B" guruhi ishtirokchisi AGMK so'nggi tur uchrashuvini Qatarning "Al Rayan" klubiga qarshi o'tkazib, 7:5 hisobida zafar quchdi va guruhda ikkinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l oldi. 

Olmaliqliklar musobaqaning 1/4 finalida "A" guruhi g'olibi Tailandning "Port FK" jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Bu jamoa o'z guruhidagi uchala bahsni ham g'alaba bilan yakunladi. Bugun "C" va "D" guruhlarida 3-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda. 


"A" guruhi. 3-tur. 11 avgust

"Port FK" - "Osh Erem" 3:0 

"Shenzen Nanling" - "FK Seul" 3:2



"B" guruhi. 3-tur. 11 avgust

"Tay Son Nam" - "Naft Al Vasat" 6:4

AGMK - "Al Rayyan" 7:5

 


"C" guruhi. 3-tur. 12 avgust

"Bank Beyrut" - "Vamos Mataram" 4:0

"Soro Kompani" - "Viktoria Yuniversiti"


"D" guruhi. 3-tur. 12 avgust

"Mes Sungun" - "Nagoyya Oshinz"

"Al Dafra" - "Kazma"


1/4 final uchrashuvlari. 14 avgust

"Port FK" - AGMK

"Bank Beyrut" - "D" 2-o'rin

"Tay Son Nam" - "Shenzen Nanling"

"D" 1-o'rin - "Vamos Mataram"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com