Futzal. "Jizzax Kenteks" O'zbekiston chempioni!

Оқил Абдубарноев
21 may 2022
Futzal bo'yicha Oliy liganing navbatdagi mavsumi yakunlandi.

2022 yilgi mavsumda "Jizzax Kenteks" jamoasi mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqa davomida 33 o'yinning 31 tasini o'z foydasiga hal qildi hamda 2 bor mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi. Kumush medallar Olmaliqning AGMK, bronza medallari esa "Paxtakor" futzal jamoasiga nasib etdi.


JIZZAX KENTEKS - NEFTCHI 6:3

Gollar: Davron Choriev (9, 11, 36), Dilshod Rahmatov (24), Husniddin Nishonov (31), Farhod Abdumavlonov (33)- Dilmurod Yusupjonov (6), Shuhratbek Rashidov (16, 30)


STROITEL-ZARAFSHON - DINAMO 1:5 

Gollar: Odil Xoliqov (3) - Mehroj Xudoyberdiev (3), Timur Salimov (19, 31), Shahram Faxriddinov (28, 34)


METALLURG - NAVBAHOR 5:0 (texnik g'alaba)

Izoh. Namanganlik futzalchilar uchrashuv hakamlariga nisbatan qo'pollik va sportchiga hos bo'lmagan harakatlari uchun uchrashuv O'zPFL tomonidan muddatdan avval tugatildi va “Navbahor”ga texnik mag'lubiyat yozildi. Ushbu holat Tartib-intizom qo'mitasida ko'rib chiqiladi. 


LOKOMOTIV - NASAF 7:2 

Gollar: Dilmurod Shavkatov (4, 17, 34, 37, 40), Ravshanbe Asqarjonov (16), Akbar Usmonov (30) - Sanjar Elmamatov (10), Shahboz Choriev (29)



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia