Futzal. JCH nimchorak finalida O'zbekistonga Eron raqiblik qiladi

Mirjalol Normatov
20 sen 2021
Futzal bo'yicha mundialning guruh bosqichi yakuniga etdi.

F guruhida Eron hamda Argentina termalari ishtirokidagi o'yin osiyoliklarning mag'lubiyati bilan yakunlandi. Shu orqali O'zbekiston termasining JCH nimchorak finalidagi raqibi Eron termasi bo'ldi.

O'zbekiston - Eron termalari o'rtasidagi o'yin 24 sentyabr kuni 19:30da start oladi.

Eron - Argentina 1:2

Gollar: Leandro Kussolini (24), Damian Stazzone (27), Ali Hassanzoda (30).

Eron: Dastlabki beshlik - Sepexr Moxammadi, Hamid Ahmadi, Muhammadrizo Sangsefidi, Ali Hassanzoda, Said Ahmad Abbosi.

Zaxiradagilar - Ahmad Ismoilpur, Alirizo Rafipur, Farhod Faxim, Muhammad Shajari, Farxod Tavakoli, Mexdi Javid, Taxa Nematyan, Bagir Muhammadi.

Argentina: Dastlabki beshlik - Lukas Farach, Santyago Basile, Alan Brandi, Pablo Taborda, Matias Edelshteyn.

Zaxiradagilar - Damian Stazzone, Lukas Bobo Alemani, Maksimiliano Reskia, Sebastyan Korso, Leandro Kussolini, Kristian Borruto, Konstantino Vaporaki, Guido Mosenson, Andres Santos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia