Futzal. JCH-2021. Eron Yevropa vakilini engdi, Argentinadan 11ta gol + jadval

Tolibjon Qosimov
15 sen 2021
Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Futzal. JCH-2021. Yaponiya va Ispaniyadan yirik g'alaba + jadval

"F" guruhida qitadoshimiz Eron terma jamoasi dastlabki turda Serbiyaga qarshi bahs olib bordi. Unda forslar yevropaliklarni qiyinchilik bilan 3:2 hisobida engishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa amaldagi Jahon chempioni Argentina AQSH darvozasiga javobsiz 11ta to'p kiritdi.

Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021

"F" guruhi

1-tur, 14.09.2021

Serbiya - Eron 2:3

"Vilnyus Arena", Vilnyus

Gollar: Stoykovich 18, Tomich 38 - H.Ahmadi 4, F.Fahim 4, A.Ismoilpur 37

Ogohlantirishlar: Kosich 25 - H.Ahmadi 2, M.Sangsefidi 19

Chetlatishlar: Raysevich 40 - H.Ahmadi 11


Argentina - AQSH 11:0

"Vilnyus Arena", Vilnyus

Gollar: Brandi 1, 2, 12, 40, Kuzzolino 4, Reskia 5, 16, Bazile 7, Klaudino 17, 25, Borruto 24

Ogohlantirishlar: Eskobar 30, Pondeka 36 (ikkisi AQSH)


"F" guruhida 2-tur taqvimi

17.09.2021

20:00. Eron - AQSH

22:00. Argentina - Serbiya


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia