Futzal. JCH-2016. Ispaniya - Qozog'iston 5:2. Uchrashuv statistikasi

Tolibjon Qosimov
22 sen 2016
Futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionatining nimchorak final bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Yevropaning amaldagi chempioni Ispaniya terma jamoasi Qozog'iston bilan bahs olib bordi. O'yinda so'nggi daqiqalargacha intriga saqlanib turdi, faqatgina oxirgi daqiqalarda ispanlar ikkita to'p kiritib yirik g'alabani tantana qilishdi. Quyida ana shu uchrashuv statistikasini e'tiboringizga havola etamiz.

JCH-2016
Nimchorak final


Ispaniya - Qozog'iston 5:2
Gollar:
Lozano 3, Bebe 23, D.Nurgojin 32 (avt.), R.Kampos 39, Migelin 40 - CH.Essenamanov 5, D.Nurgojin 31

Statistika

To'p bilan muomala (%): 59 - 41
Hujumlar: 56 - 48
Aniq zarbalar: 19 - 15
Noaniq zarbalar: 19 - 19
Bloklangan zarbalar: 18 - 14
Qoida buzish: 8 - 11
Sariq kartochkalar: 1 - 4
Qizil kartochkalar: 1 - 0
Burchak zarbalari: 14 - 10
Seyvlar: 13 - 15


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia