Futzal: Farg'onada Level-1 sertifikati uchun OFK kurslari o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014, 14:47
Farg'onada Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Level-1 sertifikati bo'yicha futzalda faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun OFK kurslari bo'lib o'tdi.
Besh kun davomida o'tkazilgan mazkur kurslarda Farg'ona va Andijondan tashrif buyurgan 15 nafar yosh murabbiylar ishtirok etishdi. Mazkur kursga OFK instruktori Avazbek Maxsumov va instrutkor assistenti Farrux Zokirovlar instruktorlik qilishdi.

Ushbu kurslar futzal murabbiylarga mo'ljalangan bo'lib, OFKning S sertifikati dasturi buyicha uning futboldagi muqobili hisoblanadi va futzaldagi Level-1 licenziyasini futboldagi S licenziyasiga tenglashtiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com