Futzal. "Do'stlik-AIN" to'rtta yangi o'yinchi oldi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2014
Ayni paytda futzal jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bu vaqt davomida klublar yangi o'yinchilarni ham jalb qilishmoqda. Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi milliy chempionat bellashuvlari boshlanishi arafasida o'z tarkibini to'rtta yangi futzalchi bilan to'ldirib oldi. O'tgan mavsumni "Lokomotiv"da o'tkazgan Furqat Azizov va Oleg Xolmuhamedov, shu kunga qadar "Maksam-Chirchiq" safida to'p tepib kelgan Shavkat Dehqonov, shuningdek, Vitaliy Shapavolov yangi boshlanajak mavsumda qarshiliklar sharafini  himoya qiladilar. Ushbu futzalchilar yaqinda bo'lib o'tgan Assotsiatsiya kubogida ham Qarshi shahri jamoasi tarkibida ishtirok etishgan edi.

"Do'stlik-AIN" klubi boshlig'i Xolbek Yo'ldoshevning so'zlariga ko'ra, bu o'yinchilar bilan ikki yillik shartnoma imzolangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia