Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017, 08:06
Eronning Tabriz shahrida Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etgan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahriga yetib keldi.

17 oktyabr kuni Tabriz–Istanbul–Toshkent yo'nalishi bo'ylab yo'lga chiqqan Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi jamoa vakillari bugun, 19 oktyabr kuni tungi 01:30 da poytaxtga uchib keldi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhida 3 ta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan holda guruhda 1-o'rinni egalladi va Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oldi.

Osiyo chempionati final bosqichi yo'lida O'zbekiston terma jamoasi dastlab Nepalni 14:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, keyin mos ravishda Turkmaniston (4:2) va Qirg'iziston (4:3) futzalchilari mag'lubiyatga uchratildi.

Futzal bo'yicha OCH saralashi
“A” guruhi o'yinlari
Tabriz shahri, Eron

15 oktyabr, 1-tur


O'zbekiston – Nepal 14:1
Qirg'iziston – Turkmaniston 5:3

16 oktyabr, 2-tur

Nepal – Qirg'iziston 0:5
Turkmaniston – O'zbekiston 2:4

17 oktyabr, 3-tur

O'zbekiston – Qirg'iziston 4:3
Turkmaniston – Nepal 9:3

Ma'lumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kuni Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Unda qitaning 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com