Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2019, 12:08
Oktyabr oyida bo'lishi rejalashtirilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik jarayonini boshlash maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi 1-26 iyul kunlari yig'in o'tkazadi.

1 iyuldan terma jamoamiz vakillari yig'inni boshlashdi. Mashg'ulotlar kuniga 2 mahaldan “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib borilmoqda. Terma jamoa o'zagini shakllantirish hamda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo'lgan futzalchilar harakatlarini ko'zdan kechirish maqsadida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig'inda 18 nafar futzalchini sinab ko'rmoqda.

Quyida mashg'ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz