Futzal bo'yicha Evro 2022. Dastlabki yarim finalchilar ma'lum

Eldor Akmurzayev
1 fev 2022, 09:50
Niderlandiyada davom etayotgan futzal bo'yicha qita birinchiligi o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

1/4 finalda Portugaliya qiyinchilik bilan Finlyandiyani 3:2 hisobida engdi. Qozog'iston esa Ukrainaga 3:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Portugaliya – Finlyandiya 3:2

Gollar: Afonsu Jezus 4, 15, Migel Anjelu, 30 - Miyka Xosio, 10, Panu Autio, 27.


Qozog'iston - Ukraina 3:5

Gollar: Duglas Junior, 34, Orazov, 38, 40 - Shoturma, 15, Korsun, 25, Zvarich, 30, Razuvanov, 39, Lebed, 39

Shu tariqa, Portugaliya va Ukraina vakillari yarim finalning dastlabki ishtirokchilariga aylanishdi.

Bugun chorak finaldan o'rin olgan so'ngi ikki bahs bo'lib o'tadi:

21:00, Rossiya – Gruziya (juftlik g'olibi Ukraina bilan o'ynaydi)

23:59, Ispaniya – Slovakiya (juftlik g'olibi Portugaliya bilan o'ynaydi)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia