Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining o'tkazilish sanalari o'zgardi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2015, 14:40
Avval xabar berganimizdek, Futzal bo'yicha Osiyo chempionati kelasi yili O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o'tkaziladi.

Qita birinchiligi, avvaliga, 2016 yilning 9 - 20 fevral kunlari o'tkazilishi ma'lum qilingandi. Biroq OFK turining o'tkazilish sanalariga o'zgartirish kiritdi.

Shunday qilib kelasi yili Toshkentda bo'lib o'tadigan qita birinchiligi 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com