

O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi taqdirlash marosimida mavsumning eng yaxshilarini aniqladi. Unga ko'ra, "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev eng yaxshi murabbiy deb topildi. "Bunyodkor" chempionatda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, "qaldirg'ochlar" ustozi 2014 yilda ham eng yaxshi deb topilgan edi.



