Futbolda tezlik bo'yicha jahon rekordi yangilandi

Aslanov Jasurbek
14 may 2025
"Santa-Klara" o'yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.

Shanba kuni Portugaliya chempionatida "Santa-Klara" o'z maydonida "Famalikan"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.  

Ikkinchi taymga qo'shib berilgan vaqtda mehmonlar hujumchisi Gabriel Silva sprint vaqtida 40,3 km/soat tezlikka erishdi. Bu ko'rsatkich STATSports kompaniyasining GPS ma'lumotlari yordamida qayd etildi.  

Klub bayonotiga ko'ra, futbolchi "Nyukasl" markaziy himoyachisi Sven Botmanning 39,21 km/soatlik natijasini ortda qoldirib, yangi jahon rekordini o'rnatdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo