Futbolchilar Mbappeni PSJ vice-sardori sifatida tanlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 avg 2023, 16:51
"Pari Sen-Jermen" futbolchilari yangi mavsum uchun sardorni tanlashdi.

Natijada, jamoaning eski sardori braziliyalik Markinos ushbu vazifani davom ettiradigan bo'ldi. Takidlash lozim, ovoz berish jarayoni yashirin tarzda o'tkazildi.

Shuningdek, vice-sardorlar ham aniqlab olingan. Ular Portugaliya termasi yarim himoyachisi Danilu Pereyra (31 yosh), Fransiya termasi himoyachisi Presnel Kimpembe (28 yosh) va Fransiya termasi hujumchisi Kilian Mbappe (24 yosh). 

Takidlanishicha, sardorni ovoz berish yo'l bilan aniqlash PSJ ustozi Luis Enrikening tashabbusi. Uning fikricha, jamoaning o'zi yetakchisini tanlashi zarur.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com