Futbolchilar bilan mehmonxonaga qaytayotgan "Sepahon" avtobusi yo'l-transport hodisasiga uchradi

Mirjalol Normatov
10 dek 2023, 17:50
Voqea natijasida o'yinchilarga shikast etmagan.

Eronning "Sepahon" klubi futbolchilari Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Mes Rafsanjan"ga qarshi o'yindan keyin (4:1) mehmonxonaga qaytishda yo'l-transport hodisasiga uchradi.

Tasnim nashrining xabar berishicha, "Naqshi jahon" stadionidan qaytishda klub a'zolari joylashgan mehmonxona yaqinida engil avtomobil "Sepahon" avtobusini ortdan urib yubordi. Avtobusga jidiy zarar etmagan, biroq engil mashina shikastlangan.

Futbolchilar esa mehmonxonaga shaxsiy avtomobillarida jo'nab ketgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tasnim