Futbolchi 14 kilometr yugurib, Bundesligada rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
1 iyun 2020, 21:50
"Gerta" yarim himoyachisi Vladimir Darida Bundesligada masofani yugurish borasida rekord o'rnatdi.

"BZ-Berlin" xabariga ko'ra, shanba kuni Germaniya chempionati doirasida "Augsburg"ga qarshi o'yinda Darido 14,34 kilometr yugurgan. Bahsda berlinliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishishgan.

Hozirda Bundesliga koronavirus pandemiyasi davrida restart bergan ilk chempionat bo'lib turibdi. "Gerta" turnir jadvalida 9-o'rinda qayd etilgan. Jamoaning navbatdagi o'yini 6 iyun kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BZ-Berlin