"Futbol vaqtini 60 daqiqa qilish kerak" - Pike futbol formatini o'zgartirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2022, 18:27
"Barselona"ning sobiq sardorining so'zlariga ko'ra, zamonaviy yoshlar 90 daqiqa davomida bitta o'yinni ko'ra olmasligini ta'kidladi va misol tariqasida o'z o'g'lini keltirdi.

Jerar Pike "Twitch" platformasida Ibai Lanos bilan suhbat davomida Superliga va bugungi futbol formatini o'zgartirish zarurligini aytib o'tdi. 

Superliga haqida
"Milanga futbol yoqadi, lekin u butun o'yinni ko'ra olmaydi: Florentino Peres Superliga va bugun odamlar shartnomani boshqacharoq tarzda qabul qilishlari haqida aytgan gaplariga to'liq qo'shilaman. Biroq Superliga muammoni hal qilardi deb hisoblamayman. Superliganing taqdimoti - jiddiy omadsizlik edi. Men Florentinoni qattiq hurmat qilaman, lekin o'shanda ajablangandim. Men u bir o'zi loyiha taqdimotini o'tkazayotganini ko'rib, fikrlarimni jamlay olmadim: bunday yo'l bilan u nimaga erishmoqchi bo'lgani tushunarsiz".

Kontent haqida
"Bugun insonlarga maydon atrofida bo'layotgan voqealar qiziqroq. Bolalar esa 90 daqiqa bahsni ko'ra olmaydi. Ular ijtimoiy tarmoqlarga o'rgangan, shu sababli ikki-uch daqiqa futbol ko'rib, keyin boshqa narsaga o'tib ketishadi. Odamlarni yakuniy natija emas, transferlar ko'proq qiziqtiradi".

O'yinlar formati haqida
"Biz uzoq yillar davomida foydalanib kelgan formatni o'zgartirish zarur. Oson bo'lmaydi, lekin juda muhim – sportning barcha turlarida shu kabi o'zgarishlar Bizning vazifamiz tomoshabin e'tiborini tortish. Hozirgi kunda ularning vaqti juda kam va imkon boricha ko'proq ma'lumot olishni istaydi. Qisqa, lekin shu bilan birga qiziq mahsulot taklif qilish kerak. Men o'yinlar vaqtini 50-60 daqiqagacha qisqartirardim – shu etarli bo'lardi. Hozirgi format ancha eskirgan".


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia