Futbol tarixidagi eng zo'r triolar

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2016, 16:46
Zamonaviy futbolda BBC va MSN triolari tinimsiz kurash olib bormoqda va bugun sizga futbol tarixidagi eng kuchli triolarnitaqdim etamiz.

10. Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi va Karlos Teves - CWC

"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi va Karlos Teves triosi bilan Chempionlar ligasida ikki marotaba finalgacha chiqa olgan. Bu uchlik kombinaciya, aql va hujumni yakunlash borasida Premer-liga tarixidagi eng yaxshi triolardan biri hisoblanadi. 


9. Samuel Eto'O, Lionel Messi va Terri Anri  - EMA

Messi, Anri va Eto'O Gvardiolaning "Barselona"dagi ilk mavsumida ajoyib o'yin ko'rsatgan. Bu uch hujumchi 2008/09 mavsumda 100dan ortiq gol urishga muvaffaq bo'lgan.


8. Ronaldo, Raul va Zinedin Zidan - RRZ

Bu buyuk uchlik 2000 yillar boshida "Real"da o'ynashgan. "Galaktikos"ning bu trioasi muxlislarning mehrini qozona olgan.


7. Dennis Bergkamp, Rober Pires va Terri Anri - BPA

Yangi ming yillikda bu uchlik eng sermahsul futbolchilar bo'lgan. Trio 2003/04 dagi "engilmas" mavsumda 50 ga yaqin golli kombinaciyalarda ishtirok etgan.


6. Frank Raykard, Marko van Basten va Rud Gullit - RBG

Gollandiyaliklar uchligi 1989/1990 mavsumda "Milan"ni Yevropa Kubogi g'olibiga aylantira olgan. Ular "Milan" bilan ketma-ket 58 uchrashuvda mag'lub bo'lishmagan va 1988 yilda Gollandiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida zafar quchishadi.


5. Karim Benzema, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu - BBC

Barcha davrlarning eng qimmat hujum uchligi shubhasiz daxshatli kuch hisoblanadi. Yulduzlar 2013/14 mavsumda 97 ta gol urib, "Real"ga "La Desima"ni (10ta Chempionlar ligasi Kubogi) taqdim etdi.


4. Alfredo Di Stefano, Fransisko Gento va Ferens Pushkash - AFF

Di Stefano, Gento va Pushkash 1950 yillarda "Real"ni jahonning eng buyuk klubiga aylantirgan. "Qirollik klubi" bu uchlik bilan barcha sovrinni qo'lga kiritadi, Gento esa 6 ta Yevropa Kubogini qo'lga kiritgan yagona futbolchidir.


3. Bobbi Charlton, Denis Lou va Jorj Best - BDG

"Old Trafford"ning "muqaddas uchligi" "Manchester Yunayted"ga ilk Yevropa Kubogini taqdim etadi. Uchchala afsona ham "Oltin to'p" olishga muvaffaq bo'lgan.


2. Ronaldo, Rivaldo va Ronaldinyo - RRR

Uchta R Braziliya terma jamoasiga Yaponiyadagi jahon chempionatida (2002) g'olib bo'lishga yordam bergan. Bu trio Braziliyaning oltin avlodi edi va ular finalda Germaniya terma jamoasini mag'lub etib shon-sharafga erishishgan.


1. Lionel Messi, Luis Suares va Neymar - MSN

MSN 2015 yilda "Barselona" safida 137 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'sha yilda "Real"ning umumiy gollari soni 106 tani tashkil etdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia