Futbol tarixidagi eng yaxshi 10 nafar murabbiy nomi e'lon qilindi

19 mar 2019, 09:34
“France Football” nashri o'z talqiniga ko'ra futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, ro'yxatni niderlandiyalik Rinus Mixel boshqarmoqda. Undan keyingi o'rinda Aleks Fergyuson va Arrigo Sakki joylashgan. Kuchli o'ntalikka Yoxan Kroyff, Xosep Gvardiola, Valeriy Lobanovskiy, Elenio Errera, Karlo Anchelotti, Ernst Xappel va Bill Shenklilar kirgan.

Ikkinchi o'ntalikdan esa Mett Basbi, Jovanni Trapattoni, Joze Mourinyu, Migel Munos, Brayan Klo, Marchello Lippi, Nerio Rokko, Lui van Gal, Ottmar Xitcfeld va Bella Guttman o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football