Futbol klublarimiz yangi mavsumda qanday to'plardan foydalanishadi?

25 yanv 2019, 01:04
Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon mamlakatimiz futbol klublari ichki birinchilik musobaqalarida dunyoga mashhur brendlar – Nike va Adidas firmalarining futbol to'plaridan foydalanib kelishmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, 2019 yilgi mavsuma Superliga va Pro liga jamoalari  “Adidas” firmasining “Connext19” to'plaridan foydalanadi. Bu haqda PFL bosh direktori  o'rinbosari tomonidan  barcha klublar xabardor qilingan. Superligada ishtirok etayotgan bir qator jamoalar mavsumoldi yig'inlarida mashg'ulot va nazorat uchrashuvlarini allaqachon ushbu to'plarda o'tkazishmoqda

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili futbol jamoalari Nike tomonidan ishlab chiqarilgan to'plardan foydalanishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia