Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoalar markazining faoliyatini tugatish to'g'risida

Aslanov Jasurbek
2 may 2017, 18:25
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug'iga asosan O'zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi.

Terma jamoalar markazi 2009 yilda tashkil qilingan va o'sha yilning o'zida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan edi.

Kreditorlarning talablari ko'rsatilgan arizalar terma jamoalar markazini tugatish haqidagi e'lon chiqqan vaqtdan boshlab 2 oy davomida qabul qilinadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com