Futbol agenti bilan hazillashmang!

Aslanov Jasurbek
26 may 2017
Ukrainaning “Dnepr” klubi murabbiy Xuande Ramosning agenti oldidagi qarzdorlikni belgilangan muddat - 24 mayga qadar bartaraf etmadi.

Eslatib o'tamiz, FIFA 23 fevral kuni Ukraina jamoasiga murabbiy agenti oldidagi qarzdorlikni so'ndirish uchun 90 kun muddat belgilagan edi.

Agar agentning huquqshunosi FIFA talabi bajarilmaganligi yuzasidan Xalqaro Futbol uyushmasiga murojaat qilsa, “Dnepr” Ukraina birinchi ligasiga “badarg'a” qilinishi mumkin. Xabar berilishicha, klubning agentdan qarzi 550 ming evroni tashkil etadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Футбол 24"