Masalan, Furqatbek Iminov burgutlar fan klubining ashaddiylaridan biridir. Andijonning har bir bahsini, xoh uyda bo'lsin xoh safarda qoldirmay ko'rib boradi. Fan-klub rahbari Nodirbek To'ychievning "SA"ga xabar berishicha Furqatbek Iminov ayni paytda mehnat safaridan ona yurtiga qaytib kelmoqda.
Ma'lum muddat Rossiyaning Moskva shahrida faoliyat yuritgan Iminov u yerda ham futbolsiz yashay olmadi. Chunki Furqatbek Lujniki stadionida "Spartak" va "Anji"ning o'yinlarini qoldirmay ko'rib bordi.
- Moskvada "Spartak" va "Anji" kabi Rossiya premer-ligasining yetakchi klublari ishtirokidagi uchrashuvlarga kirib yuqori saviyadagi janglarga guvoh bo'ldim, - deydi Furqatbek Iminov. Tabiiyki u yerda fan klublarning ishlash tizimini ham o'rganib bordim. Ochig'ini aytganda, u yerdagi muxlislarning sevimli jamoasini qo'llab quvvatlab turishini ko'rib qoyil qolamiz.
- O'zim esa "Andijon" va "Manchester Yunayted" klublarining ashaddiy ishqiboziman. Jamoalarim turnir jadvalida qay o'rinda bo'lishidan qatiy nazar doimo unga butun vujudim bilan muxlislik qilib kelganman. Bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Yurtimizdagi fan klublar haqida gap ketganida birinchi navbatda "Andijon" turadi. Bunga hech kim shubha bildirmasa kerak. Hudoga shukur bu yil sevimli "Andijon" jamoamiz oliy ligada ishtirok etadi. Albatta Moskvada orttirib kelgan tajribamni ona yurtimda amalga oshirmoqchiman. Fan-klubimiz rahbari Nodir aka To'ychiev va bir qator do'stlarimiz bilan birlashib bir qator yangiliklarga qo'l urmoqchimiz. Turli xil krichalka, va boshqa bir qator yangiliklar bo'ladi. Nasib qilsa bunga chempionat mobaynida guvoh bo'lasizlar.