Frenki de Yong "Barselona"dan ketmoqchi emas

Alisher
17 noya 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdan ketmoqchi emas.

Ushbu haftada "ko'k-anorranglilar" rahbariyati xavbekning sotishga tayyorligi haqida xabarlar yangradi.

Niderlandiyalikning o'yini kataloniyaliklarning yangi murabbiyi Xaviga yoqadi, ammo klubning qiyin moliyaviy holati 24 yoshli futbolchining sotilishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Shunga qaramasdan, de Yongning o'zi "Barselona"dagi hamma narsadan mamnun va kyetishni xohlamayapti. U 2019 yilda "Ayaks"dan 75 million evro (+11 million evro bonuslar ko'rishida) evaziga xarid qilingan.

Xavbek joriy mavsum Kataloniya klubi tarkibida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: sport.es