

Frenk Lempard hozirda “Derbi Kaunti” jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
39 yoshli Frenk Lempard hozirda televizion ekspert sifatida faoliyat olib bormoqda. Ammo u allaqachon murabbiylik licenziyasiga ega bo'lgan va murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyor.
“Derbi Kaunti” esa kelasi haftada jamoaning yangi bosh murabbiyini e'lon qiladi. Jamoa bosh murabbiyligiga Frenk bilan bir qatorda 20 da'vogar bor. Avvalroq Lempardga “Ispvich” jamoasi ham bosh murabbiylikni taklif etgani haqida xabar berilgan edi.



