Frenk Lempard: “Abraham “Vest Xem”ga qarshi o'ynamaydi”

29 noya 2019, 23:28
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoasi hujumchisi Temmi Abrahamning holati xaqida gapirdi.

“Unda kichik jarohatdan keyin biroz og'riq alomatlari bor, shu bois u ertangi o'yinda ishtirok etolmaydi. Ko'ramiz, dushanba kunigacha unda qanday o'zgarishlar sodir bo'larkan...”, deya ta'kidlab o'tdi Lempard.

Eslatib o'tamiz, Abraham YCHL doirasida “Valensiya”ga (2:2) qarshi bahsning birinchi bo'limi so'nggida havodagi kurashdan so'ng maydonga noqulay tarzda yiqilib, jarohat olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports