Fred "Manchester Yunayted"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2018, 12:40
"Shaxtyor" yarim himoyachisi Fred "Manchester Yunayted"ga o'tish arafasida.

Futbolchi kecha Braziliya terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi Liverpul shahrida o'tkazgan o'rtoqlik o'yinidan so'ng Manchester shahrida paydo bo'lgan.

MYU Fred borasida kelishuvni yakunlagan, "Manchester Evening News" nashrining ma'lum qilishicha mankunianliklar braziliyalik uchun 52 million funt to'laydi. Fred ayni paytda "Qizil iblislar"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ketgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk