Fred “Manchester Yunayted”da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aziz Tukhtamuradov
4 iyun 2018, 23:14
Doneckning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Fred deyarli “Manchester Yunayted” jamoasi futbolchisiga aylanib ulgurdi.

Braziliyalik futbolchi bugun yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan ham o'tishga ulgurgan. Suratdagi mashina Fredni “Qizil iblislar” qarorgohiga olib kelgan. Ertaga u “MYU” bilan shartnoma imzolaydi va bu xabar klub rasmiy saytida e'lon qilinadi. 

Kelishuv 4 yilga mo'ljallangan bo'ladi. Angliya vice-chempionlari Fredning transferi uchun Ukraina chempionlariga 60 million evro to'laydi. O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi 37ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol kiritdi va 6ta golga hammualliflik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif