"Frayburg" "Real" himoyachisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 13:14
"Frayburg" murabbiylar shtabi "Real" himoyachisi Filipp Linxart xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Nemis klubidagilar 20 yoshli avstriyalik jamoaga kelasi mavsum foyda keltirishiga ishonishadi. "Frayburg" so'nggi mavsum yakunlariga ko'ra, turnir jadvalida 7-o'rinni egalladi va tarkibni kuchaytirmoqchi.

Linxart ayni damda "Kastilya" ("Real" zaxira jamoasi) sharafini himoya qiladi. So'nggi mavsumda u "Qirollik klubi"ning asosiy jamoasida maydonga tushmadi.

Linxartning ispan grandi bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker