“Frayburg” forvardi Bundesligada Luka Tonining rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
23 okt 2022
Germaniya chempionati 11-turida “Frayburg” o'z maydonida “Verder”ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdagi ikkinchi golni Vinchenco Grifo penaltidan urishga erishdi. Grifo Bundesligadagi gollarini sonini 39 taga etkazib, musobaqadagi eng yaxshi italiyalik to'purarga aylandi. Avvalgi rekord esa Luka Toniga (38) tegishli edi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Grifo faoliyati davomida faqat nemis klublarida o'ynagan. U “Frayburg”dan tashqari, “Xoffenxaym”, “Dinamo” (Drezden), “Frankfurt”, “Borussiya M” sharafini himoya qilgan va Italiya TJ safida 6 uchrashuvda qatnashib, 2 ta to'p kiritgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru