Fransisko Xento: Beyl bilan Real besh marta Chempionlar ligasini yutadi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 12:06
Yaqinda 80 yoshga to'lgan Realning sobiq yarim himoyachisi Fransisko Xento klubga Garet Beylning ko'chib o'tganidan xursand.

Beyl bilan biz Chempionlar ligasini yuta olamiz. Men kabi olti marta buni uddalay oladimi bilmadimu, ammo besh marta bu sovrinni qo'lga kirita oladi.

U ajoyib o'yinchi. Kuchli, tezkor, uning zarbasi esa - super! Angliyada qanday o'ynaganini barchamiz ko'rganmiz. Realda ham u o'zini nimalarga qodirligini namoyish etadi.

Biroq sabr qilish lozim, – deydi Xento.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru