Frank Riberi: "Menga bir-ikkita o'yindan so'ng tanaffus qilish shart emas"
Aziz Tukhtamuradov
15 may 2014, 21:49
"Bavariya" futbolchisi Frank Riberi myunxenliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning qarorlaridan norozi bo'lganligini aytib o'tdi.
"Bu mavsumda bizda muntazam ravishda almashuvlar bo'ldi. Bir qarasa zahiradaman, bir qarasa umuman o'yin qaydnomasiga ham kiritilmaganman. Menga, bir-ikkita o'yin o'tkazgandan so'ng dam olish shart emas", - deydi Riberi.