

Yakunlangan mavsumda "Fiorentina" bilan xayrlashgan Frank Riberi Italiyaning "Lacio" klubiga o'tishi mumkin. Fransiyalik futbolchi Rim klubi safiga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin. Futbolchi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Eslatib o'tamiz, Riberi yakunlangan mavsumda Italiya A Seriyasida "binafsharanglilar" tarkibida 29 o'yinda maydonga tushgan.



