Frank Riberi Germaniya chempionatiga qaytishi mumkin

Alisher
30 iyul 2019
"Bavariya" sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi faoliyatini "Ayntraxt"da davom ettirishi mumkin.

Frankfurt klubi 36 yoshli francuz futbolchisi bilan 1 yillik shartnoma tuzmoqchi.

Riberi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan.

Futbolchi faoliyatini Fransiyaning "Bulon" klubida boshlagan. U "Bavariya" va "Bulon"dan tashqari "Olimpik Ales", "Brest", "Mec", "Galatasaroy" va "Marsel" kabi jamoalarda ham o'ynagan.

Fransiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi terma jamoa safida 2006-2014 yillar davomida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.de