Francuz hujumchisi Djibril Sisse bugun rasman “Kuban” o'yinchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013, 10:05
Chempionalar ligasi g'olibi, Yevropa Superkubogi sohibi bilan “Kuban”klubi “1+1” sxemasida shartnoma imzoladi.

Bu klubga o'tishidan oldinroq Sisse “Kuinz Park Reynjers” bilan shartnomani uzgan. Eslatib o'tamiz, hujumchi bilan “Monpele” klubi ham qiziqib kelgan.


Ilgari Sisse “Oser”da (166 o'yin/90 gol), "Liverpul"da (77 o'yin/22 gol), “Marsel”da (78/37), “Sanderlend"da (38/11), “Panatinaikos”da (89/51), “Lacio”da (26/4), “Kuinz Park Reynjers”da (28/10), “Al-G'arafa”da (8/3) faoliyat olib borgan.


Fransiya terma jamoasida  2002 yilning 18 mayda debyut uchrashuvini o'tkazgan va hozirgi kungacha terma jamoada 41 marotaba o'yin o'tkazib, 9 ta gol urishga erishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fckuban.ru