Fransiyada futbolchini do'pposlab, uning avtomobilini yoqib yuborishdi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2020
“Brest” himoyachisi Ronael Per-Gabriel bezorilar hujumiga uchradi.

Noma'lum kimsalar futbolchini do'pposlab, unga tegishli bo'lgan Audi rusumdagi avtomobilini yoqib yuborgan.

Ushbu voqea haqida klub matbuot xizmati xabar bergan va o'z o'yinchisini qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

“Brest” 22 yoshli fulbekni “Maync”dan ijaraga olgan bo'lib, u klub qarorgohiga 2 hafta oldin yetib kelgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua