

"Payshanba kuni tushdan keyin o'tkazilgan mashg'ulotlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Per Mankovski O'zbekistonga qarshi kechadigan chorak final baxsida ham, Turkiya ustidan qozonilgan g'alabali o'yinda maydonga tushgan futbolchilarga ishonch bildiradi.
Tarkibda faqat bir o'zgarish bo'lishi mumkin. Diskvalifikaciyadan qaytgan Samuel Yumtiti markaziy himoyadagi joyini egallaydi va u Nabi Sarrni almashtiradi.
Qo'shimcha qilib shuni aytish mumkinki, kechagi mashg'ulotlarda Mario Lemina ishtirok etmadi", deb yozadi lequipe.fr nashri.
Demak Fransiya U20ning taxminiy tarkibi: Areola - Folkuer, K. Zuma, Yumtiti, Din - Pogba, Kondogbia - Tauin, Veretut, Baebek - Sanogo.



