Fransiya - Rossiya uchrashuvi bo'ladigan stadion atrofida snayperlar ishlaydi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2016, 18:14
Ertaga Fransiya va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuv stadioni atrofida snayperlar ishlaydi.

Bu haqda Parij yo'l xavfsizligi va jamoat tartibi shtabi boshlig'i o'rinbosari Loran Simonin ma'lum qildi.

Bunday xavfsizlik choralari Fransiya hukumatining teraktlarni oldini olish uchun amalga oshirildi. 2015 yilning 13 noyabrida "Stad de Frans" stadioni yaqinida bir nechta portlashlar sodir bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com