Fransiya klubi futbolchisi otishmada halok bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2018, 17:32
"Sent-Eten" matbuot xizmati klubning yoshlar jamoasi himoyachisi Vilyam Gomis 9dan 10 sentyabrga o'tar kechasi vafot etganini tasdiqladi.

"Sent-Eten" klubi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va xodimlari Vilyam Gomes vafotidan shokda va futbolchining oilasiga hamdardlik bildiradi" - deyiladi klub bayonotida.

Oldinroq, Vilyam La-Sen-syur-Myerda (Fransiya) sodir bo'lgan otishmada halok bo'lgani e'lon qilingan edi. 20 yoshli futbolchidan tashqari 14 yoshli o'smir ham otib ketilgan. Voqea haqida hozircha ma'lumotlar yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia