

"PSJdagi barchaga eng yaxshi narsalarni tilayman: klub xo'jayinlari, rahbariyat, futbolchilar, barcha xodimlar va muxlislarga.
Nosir, menga yana PSJ oilasi a'zosi bo'lish imkoniyatini berganingiz uchun rahmat aytaman.
Birgalikda ajoyib lahzalardan va katta g'alabalardan zavq oldik, murabbiylar shtabimiz rivojlanish uchun doimgidek barchasidan xulosa chiqaradi.
Fransiya chempioni bo'lganimiz bilan faxrlanamiz, bu men va oilam uchun katta ahamiyatga ega. Bu yerda futbolchi sifatida jamoa sardori bo'lgandim, endi murabbiy sifatida chempion bo'ldim", - dedi argentinalik murabbiy.



