Fransiya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi ma'lum

Alisher
22 yanv 2021, 11:48
"Lill" yarim himoyachisi Yusuf Yaziji Fransiya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

24 yoshli turkiyalik futbolchiga so'rovnoma ishtirokchilarining 55%i ovoz berishdi.

Yaziji dekabrda Liga 1 doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Ikkinchi o'rinni "Lion" forvardi Tino Kadevere, uchinchi o'rinni esa uning jamoadoshi Karl Toko-Ekambi egalladi. Ular mos ravishda 33 va 12 foiz ovoz olishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UNFP