Fransiya chempionati. “PSJ” safarda “Bordo”ni yirik hisobda engdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2017
Fransiya chempionatining 25-turida PSJ futbolchilari “Bordo” mehmoni bo'lib, yirik g'alabani antana qilishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Edinson Kavani havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan darvozaning yaqin burchagiga ajoyib tarzda yo'llab, hisobni ochdi. 40-daqiqada Di Mariya darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni Karrasso ustidan oshirib, hisobni 0:2 etkazdi. Ikkinchi bo'lim boshida yana Kavani chiroyli gol urishga erishdi. Chap qanotdan uzatilgan to'pni urugvaylik futbolchi to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi.

Franciya chempionati.

25- tur

Bordo – PSJ 0:3 (0:2, 0:1)

Gollar:0:1 – 6 Kavani, 0:2 – 40 Di Mariya, 0:3 – 47 Kavani.

Bordo”:Karrasso, Yovanovich, Sabali, Gayich, Pallua, Sankare, Tulalan, Malkom (Labord, 78), Plashil (Vada, 66), Menez (Kamano, 57), Rolan.

PSJ”:Trapp, Markinos, Kurzava, Mene, Kimpembe, Rabo, Motta, Lukas Moura, Verratti (Nkunku, 60), Di Mariya (Draksler, 63), Kavani (Ben-Arfa, 72).

Ogohlantirish:Motta (21).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia